Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Xirosima va Nagasakining bombardimon qilinishi xato bo‘lganini tan olishga chaqirildi
12:43 / 2022-12-22

Yaponiya parlamentining yuqori palatasi deputati, taniqli siyosatchi Muneo Sudzuki AQSH hukumatini Yaponiyaga va butun dunyoga Xirosima va Nagasakining atom bombasi bilan bombardimon qilinishi xato bo‘lganini tan olganini aytishga chaqirdi.

"Urush tamom bo‘lganiga 77 yil o‘tganiga qaramay, AQSH atom bomba tashlagani uchun hech qachon afsus bildirmagan, kechirim so‘ramagan. Bu “demokratiya, inson huquqlari va erkinlik” haqida hammadan ko‘p gapiradigan AQSH bo‘ladi. AQSH nega Yaponiyaga va butun dunyoga qilgan ishlari haqida ochiq bayonot bermaydi?" – deydi siyosatchi o‘zining saytida. U ushbu gaplarni kunchiqar mamlakatning ommaviy axborot vositalari AQSH prezidenti Jo Baydenning 2023 yilda Nagasaki shahriga tashrif buyurishi mumkinligi haqidagi e’lon qilingan maqolaga izoh berganda aytib o‘tgan.  

Sudzukining ta’kidlashicha, AQSH ma’muriyati rahbarining bombardimon qilingan shaharga tashrif buyurishi to‘g‘ri ish bo‘ladi.  

“Tashrif vaqtida u haqiqatan ham nimani aytishni istagan bo‘lsa, shuni aytishi kerak. Men xohlardimki, u butun dunyoga: "yadro qurolidan foydalanish mumkin emasligini, atom bomba qo‘llangani xato bo‘lganini aytishi kerak", – dedi yaponiyalik deputat.  

Agar Jo Baydenning kelasi yili Nagasakiga tashrifi amalga oshsa, u mazkur shaharga kelgan AQSHning birinchi prezidenti bo‘ladi. 2016 yili sobiq prezident Barak Obama Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” sammiti paytida Amerika yetakchilari orasida birinchi bo‘lib Xirosimaga tashrif buyurgan edi.  

AQSH harbiylari 1945 yil avgustda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shahriga atom bomba tashlagan edi. Natijada Xirosimada 140 ming kishi, Nagasakida  74 ming kishi halok bo‘lgan. Atom bombasi qurbonlarining aksariyat qismi tinch aholi vakillari bo‘lgan.