Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH vitse-prezidenti Ozarbayjonga keldi
10:10 / 2026-02-11

Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va muloqotdan so‘ng ikki davlat o‘rtasida Strategik Hamkorlik Xartiyasi imzolandi.

Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Ilhom Aliyev uchrashuv nihoyatda samarali bo‘lganini ta’kidlagan. Shuningdek, Aliyev Ozarbayjon xavfsizlik va energetika sohalarida Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikni davom ettirishini, mamlakat 16 ta o‘lkaning, jumladan, 11 ta NATOga a’zo davlatlarning energetika xavfsizligiga hissa qo‘shishini qayd etdi.

Vens Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik shartnomasining muhimligini ta’kidladi. 

– AQSH do‘stlik va strategik sheriklik uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida Bokuda bo‘lib turibdi, –dedi u. – Qolaversa, Ozarbayjonning Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarini olib chiqishni yakunlashdagi yordami xalqaro hamkorlikning muhim namunasidir. 

Ta’kidlanishicha, Strategik Hamkorlik Xartiyasi hujjatida mintaqaviy aloqa va infratuzilma yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilib, jumladan O‘rta yo‘lak va TRIPP loyihasini o‘z ichiga olgan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika, transport va raqamli infratuzilmani birgalikda takomillashtirish, savdo va xalqaro logistikani mustahkamlash nazarda tutilgan.

Qolaversa, qo‘shma tadqiqotlar va ishlanmalar, innovatsion platformalarni o‘tkazish va venchur kapitalni qo‘llab-quvvatlash, malakali ishchi kuchini rivojlantirish uchun tajriba almashish va texnik yordam ko‘rsatish kabi muhim masalalar ham hujjatda aks etgan.

S.Rahimov, O‘zA