English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH vitse-prezidenti Isroilga keladi
11:34 / 2025-10-20

AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens bugun G‘azoga hujumni to‘xtatish rejasining birinchi bosqichini yakunlash va ikkinchi bosqichiga o‘tish masalasini muhokama qilish uchun Tel-Avivga kelishi kutilyapti.

Isroil 12-telekanali axborotiga ko‘ra, amerikalik mulozim mahalliy yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashuv chog‘ida “garovga olinganlarni qaytarish mavzusini ko‘taradi.

"Haaretz" gazetasi avvalroq Tramp rejasining ikkinchi qismini amalga oshirish bo‘yicha munozara boshlangani haqida xabar bergandi. Mazkur bosqichda Isroil armiyasi olib chiqilishini davom ettirish, G‘azoda muqobil hukumat tuzish va XAMASni qurolsizlantirish nazarda tutiladi.

"Yedioth Ahronoth" nashri yozishicha, Vensning tashrifi Trampning mintaqadagi maxsus vakili Stiv Uitkoffning qaytishiga to‘g‘ri keladi. Muzokara chog‘i “kelishuvni to‘liq amalga oshirish, jumladan garovga olingan marhumlar jasadini qaytarish”ga ham alohida e’tibor qaratiladi.

G.Sattorova, O‘zA