Karib dengizida yana bir neft tankeri AQSH ta’qibiga uchradi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, mazkur kema xalqaro suvlar hududida sanksiyalarni chetlab o‘tish maqsadida faoliyat yuritayotgan yashirin flot tarkibiga kiradi va soxta bayroq ostida harakatlangan.
Ta’kidlanishicha, kema sud qarori asosida musodara qilinishi mumkin bo‘lgan ob’ekt sifatida ko‘rilmoqda. Bu so‘nggi ikki hafta ichida kuzatilgan uchinchi shu turdagi amaliyot hisoblanadi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ushbu harakatlarni keskin qoralab, Qo‘shma Shtatlar hukumatini “iqtisodiy bosim va dengizdagi tajovuz” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Karakas bu masalani xalqaro maydonga olib chiqib, BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qiladi.
Ekspertlar fikricha, Vashingtonning mazkur choralari Venesuela hukumatiga aloqador noqonuniy neft savdosiga barham berish va ilgari tortib olingan aktivlarni qaytarish talablari bilan bog‘liq kengroq bosim siyosatining bir qismi sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, dengizdagi bunday keskin choralar xalqaro huquq masalasida ham keskin munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA