Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Venesuelaga hujum qilmoqchi(mi)?
13:10 / 2025-12-01

Barcha aviakompaniyalar, giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchilar va odam savdogarlariga Venesuela va atrofidagi havo makoni butunlay yopilganligi haqida xabar bering, deb yozdi AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy media platformasida.

Avvalroq G‘arb ommaviy axborot vositalari o‘tgan hafta Tramp va uning venesuelalik hamkasbi Maduro o‘rtasidagi telefon qo‘ng‘irog‘i haqida xabar tarqatgan edi.

Yetakchilar ikki tomonlama uchrashuvni muhokama qilishgani, ammo muzokaralar uchun aniq rejalar kelishib olinmaganligi aytilmoqda. Qo‘shma Shtatlar rahbarining yuqorida aytib o‘tilgan bayonotini hisobga olgan holda, bu muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan, deyish mumkin.

S.Rahimov, O‘zA