Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH: Vashington manfaatlariga mos keladigan bo‘lsa, Xitoy bilan muloqotga ochiqmiz
10:52 / 2023-02-14

Qo‘shma Shtatlar Vashington manfaatlariga mos kelgan taqdirda Xitoy bilan muloqotga ochiq. Hozircha AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning xitoylik hamkasbi bilan uchrashuvi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Bu haqda Davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman ma’lum qildi.

“Men Myunxenda ikki vazirning ehtimoliy uchrashuvi haqida gap-so‘zlar borligini bilaman. Unga aniqlik kiritishga menda ma’lumot yo‘q”, dedi u.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Blinken va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi  rahbari, siyosiy byuro a’zosi Van I bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak.

“Bosh kotib ko‘p marotaba ta’kidlaganidek, AQSH manfaatlariga mos kelsa, XXR bilan muloqotga ochiqmiz”, dedi Sherman.

Diplomatning ta’kidlashicha, Blinken Van I bilan uchrashuvga tayyor. Muzokaralarda asosiy mavzulardan biri AQSH havo hududida yaqinda urib tushirilgan Xitoy kuzatuv shari xususida bo‘ladi.

 

O‘zA