Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Yevropa Ittifoqi Suriyada bo‘lib o‘tadigan saylovning noqonuniyligini ta’kidlashmoqda
20:59 / 2021-05-25

AQSH va Yevropa Ittifoqi 26 may kuni Suriyada bo‘lib o‘tadigan prezident saylovining noqonuniy ekanini avvaldan e’lon qilib qo‘yishgan, deb bayonot berdi Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Vladimir Churov RIA Novostiga bergan intervyusida.

– AQSH, Turkiya, Yevropa Ittifoqi o‘zlarini Suriyaning inqilobiy va muxolifat kuchlari Milliy koalitsiyasi, deb atayotgan tashkilotga birdamligini ko‘rsatib, oldindan saylov natijalarini tan olmaslikka qaror qilishdi, – dedi u.

Suriyada 26 may kuni saylov bo‘lib o‘tadi. Butun mamlakat bo‘ylab tashkil etilgan 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari ertalab soat yettidan kech soat yettigacha ochiq bo‘ladi.

Suriya prezidentligiga nomzodlar orasida ichki muxolifat vakili Mahmud Ahmad Meriy, sotsialistik partiyaning sobiq deputati Abdulloh Salim Abdulloh va amaldagi prezident va BAAS partiyasining bosh kotibi Bashar Asad bor.