AQSH va Yaponiya yadro qurolidan foydalanish shartlaridan birini e’lon qilishdi
Qo‘shma Shtatlar Yaponiya xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan, buning uchun yadro qurolidan foydalanishi zarurligiga ishonch hosil qiladi. Bu haqda AQSH va Yaponiya hukumatlarining Vashingtonda ikki davlat Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari rahbarlarining muzokaralar yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotga tayanib, “TASS” agentligi xabar berdi.
Bayonotda AQSH O‘zaro hamkorlik va xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomaning 5-moddasiga binoan Yaponiyani himoya qilish bo‘yicha o‘zining qat’iy majburiyatini yana bir bor ta’kidlagani aytiladi. Buning uchun har qanday harbiy salohiyat, shu jumladan, yadroviy vositalardan foydalanish mumkin.
Hujjatda, shuningdek, kelishuv ishtirokchilarining har biri ittifoqchiga qarshi har qanday harbiy tahdidni uning milliy xavfsizligiga tahdid, deb hisoblash huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, AQSH va Yaponiya Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan majburiyatga qarab, vaziyatdan kelib chiqib harakat qilish huquqini beradi.
O‘zA