AQSH va Yaponiya qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazadi
Yaponiya va AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmatlarining qo‘shma mashg‘ulotini o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda “Kyodo” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, tegishli kelishuv Tokioda imzolangan. AQSH va Yaponiya qirg‘oq qo‘riqchilari birgalikda qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazish hamda dengiz kontrabandasiga qarshi kurashish uchun muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat birgalikda uskunalar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. May-iyun oylarida AQSH va Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash kuchlarining birinchi qo‘shma mashg‘ulotini o‘tkazishga qaror qilindi.