Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Xitoy yetakchilari uchrashuvi bo‘yicha qat’iy kelishuvga erishildi
14:46 / 2023-11-02

AQSH va XXR yetakchilari Jo Bayden va Si Szinpin uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha qat’iy kelishuvga erishildi.

– Tomonlar hozir uchrashuv shartini kelishmoqda, – dedi Prezident matbuot kotibi o‘rinbosari Emili Saymons. – Men logistik rejalashtirish masalasida oldinlab ketishni istamayman, biroq biz Xitoy tomoni bilan ikki davlat yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha qat’iy kelishuvga erishganimizni aytishim mumkin.

Kuni kecha Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per AQSH Prezidenti Xitoy Raisi bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqda, deya bayonot berdi. O‘tgan hafta XXR tashqi ishlar vaziri Van I Vashingtonda bo‘lib, Davlat kotibi bilan muzokara yakunlangach, o‘zaro munosabatni yaxshilash zarurligini, tomonlar ikki davlat yetakchilari uchrashuvini San-Fransiskoda o‘tkazish uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 11-17 noyabr kunlari San-Fransiskoda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati sammiti bo‘lib o‘tadi.