Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushining O‘zbekistonga ta’siri (+video)
16:01 / 2024-08-09

Bilamizki, dunyoda sanoqli qudratli davlatlar bor. Ular orasida AQSH va Xitoy yuksak iqtisodiyotga va turli mintaqalarga kuchli ta’sirga ega mamlakatlar sirasiga kiradi. Ular o‘rtasidagi savdo urushi albatta boshqa davlatlarning iqtisodiyotiga ta’sir etmay qo‘ymaydi.

1991 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, dunyoning ko‘plab qudratli mamlakatlari singari AQSH ham bu mintaqaga qiziqa boshladi. AQSH O‘zbekistonning mustaqilligini Turkiya va Pokistondan keyin tan olgan uchinchi davlat.  

Xitoyning 2013 yilda e’lon qilingan «Bir makon, bir yo‘l» loyihasi bor. Bu loyihada Markaziy Osiyo juda muhim o‘rin tutadi. Ushbu yo‘l Kaspiy dengiziga boradi. Markaziy Osiyoda AQSH va Xitoy raqobatchi bo‘lsa-da, lekin ularning manfaatlari bu yerda mushtarak. Qo‘shma Shtatlar ham Markaziy Osiyoni qobiqdan chiqishini istaydi. Zero, mintaqaning izolyatsiyadan chiqishi Kaspiy dengizi orqali osonroq bo‘ladi. Shu va mintaqamizda to‘planib qolgan boshqa masalalar xususida iqtisodchi olim, O‘zbekiston Milliy universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri, professor Abdurahim Vahobov bilan suhbatda yanada oydinlashtirib oldik. 

- Aytinchi bugungi kunda AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushlari O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatga qanchalik ta’sir o‘tkazmoqda?  

- O‘zbekiston jahon iqtisodiy tizimining elementiga aylanib bormoqda  va bizni iqtisodiyotimiz borgan sari dunyo mamlakatlari bilan integratsiyalashmoqda. Shuning uchun jahon iqtisodiyotiga sodir bo‘ladigan vaziyatlar bizgayam bevosita ta’sir o‘tkazadi. 1990 yilda sotsializm lageri parchalanib ketganidan keyin dunyoda bir qutbli doktrina paydo bo‘lgan. 1994 yil “Vashington konsenusi” degan shartnoma imzolangan. Jahon banki butun dunyodagi bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan 28 mamlakatni moliya va iqtisod vazirlarini, hukumat boshliqlarini yig‘ib, ularga tavsiyalar berdi. Bozor islohotlari yo‘llari, bozor modellari va hokazo yo‘nalishlar.  Shundan boshlab, OAVda “Bir qutbli dunyo” degan termin paydo bo‘ldi... (davomi videoda)    

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/uK4L7z-I-9g?si=jEy_Qn3yQNwHDeUT" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA