English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo urushi davom etmoqda
15:33 / 2018-04-04

Bugun Xitoy Davlat kengashi AQShning 106 turdagi mahsulotiga 25 foizlik boj qo‘yish haqidagi qarorni qabul qildi.

Bugun Xitoy Davlat kengashi AQShning 106 turdagi mahsulotiga 25 foizlik boj qo‘yish haqidagi qarorni qabul qildi.

Xitoy Markaziy televideniyesi tarqatgan xabarga asoslanib, bu haqida RIA Novosti yozadi.

Ta’kidlanishicha, mazkur qaror Vashingtonning Xitoyga tegishli keng turdagi mahsulotlarga yangi bojlar qo‘yish borasida bergan taklifiga javob chorasidir. Hujjat AQSh tomonidan yangi bojlar e’lon qilinishi zahoti kuchga kiradi.

25 foizlik boj qo‘yilayotgan 106 turdagi AQSh tovarlari ichida avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari, soya ham bor.

Sal oldinroq AQSh, o‘z mahsulotlariga tegishli intelektual huquqlar buzilayotganini ro‘kach qilib, Xitoyning 1,3 ming turdagi mahsulotiga import boji qo‘yilishini ma’lum qilgan edi. Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati hisob-kitobiga ko‘ra shu asnoda Xitoy import bojlari uchun yiliga 50 milliard dollardan to‘lashga majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 23 martida “Xitoy savdo tahdidlariga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi memorandumni imzolagan edi. Mazkur hujjat Xitoy mahsulotlariga cheklovlarni joriy etishga ruxsat beradi.