Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Venesuela o‘zaro aloqani kuchaytirmoqda
13:45 / 2026-03-06

AQSH va Venesuela diplomatik hamda konsullik munosabatlarini qayta tiklashga kelishib oldi. Bu qaror Vashington tomonidan Prezident Nikolas Maduro qo‘lga olingach, ikki davlat munosabatida yangi bosqich boshlanganini anglatadi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH harbiylari yanvar oyida o‘tkazilgan kutilmagan amaliyot davomida Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olib, Nyu-Yorkdagi sudga olib ketgan. Ularga qurol savdosi va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarda ishtirok etganlik ayblovi qo‘yilgan. Maduro bu ayblovlarni rad etmoqda.

Hozirgi qo‘shma bayonotga ko‘ra, yangi diplomatik aloqalar barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiy tiklanishni qo‘llab-quvvatlash va siyosiy yarashuv jarayonini rag‘batlantirishga qaratilgan. Venesuela hukumati bu jarayon “o‘zaro hurmatga asoslangan yangi muloqot bosqichi” bo‘lishini bildirdi.

Karakasdagi AQSH elchixonasi qayta ochilib, yangi diplomat tayinlangan. Shuningdek, diplomatik xodimlarning bir qismi Kolumbiya poytaxti Bogotadagi elchixonadan Venesuelaga ko‘chirilishi kutilyapti.

Pentagon rasmiylari Venesueladagi siyosiy jarayonni bosqichma-bosqich islohotlar orqali demokratik saylovga olib borishga qaratilganini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga ikki davlat neft va konchilik sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini ham muhokama qilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA