Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Ukraina xavfsizlik kafolati bo‘yicha muzokara boshladi
18:45 / 2023-08-04

Vashington va Kiyev payshanba kuni Ukraina uchun xavfsizlik kafolati bo‘yicha muzokara boshlagan.

“Davlat departamenti, Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik kengashi vakillari ukrainalik hamkasblari bilan uzoq muddatli xavfsizlik kafolati bo‘yicha muzokara boshlash maqsadida uchrashdi”, - deyiladi AQSH TIV bayonotida.

Ta’kidlanishicha, ikki tomonlama majburiyat Ukrainani hozir himoya qilishga qodir barqaror kuchlar bilan ta’minlash, ushbu mamlakat harbiy institutlari va sanoati samaradorligi, shaffofligini qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratiladi.

Muhokama G7ning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyasi doirasida tashkil etildi.

O‘zA