Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Saudiya Arabistoni vakillari Vashingtonda uchrashishdi
15:00 / 2022-05-18

AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Jo Bayden ma’muriyati Saudiya Arabistoni hududini himoya qilishda yordam berishda davom etishini tasdiqladi, – deya xabar bermoqda Oq uy.

Sallivan prezident Baydenning Saudiya Arabistoni hududini himoya qilishda yordam berishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, Sallivan Saudiya Arabistonini BMT vositachiligida Yamanda tinchlikni ta’minlashdagi harakatlarini olqishladi.

Bundan tashqari, tomonlar global iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligini ham muhokama qilishgan.

Uchrashuv chog‘ida Amerika prezidentining maslahatchisi ikki davlat o‘rtasidagi sheriklik muhimligiga alohida urg‘u bergan.