Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Saudiya Arabistoni jahon bozoriga neft yetkazib berish masalasini muhokama qildi
11:42 / 2022-07-16

AQSH prezidenti Jo Baydenning bayonot berishicha, Saudiya Arabistoni rahbariyati vakillari bilan jahon bozorini neft bilan yetarlicha ta’minlash masalasini muhokama qilgan.

"Biz jahon energetika xavfsizligini ta’minlash va jahon iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yetarlicha neft taklif qilish masalalarini muhokama qildik. Tez  orada ushbu masalani hayotga joriy qilishni boshlaymiz. Men taklifni oshirish uchun barcha chorani ko‘raman", – dedi Bayden Saudiya Arabistonida tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, Saudiya podshohligi "mazkur masalaning muhimligini va  kechiktirib bo‘lmasligini yaxshi anglaydi". "Men ushbu yo‘nalishda yaqin haftalarda yangi qadamlarni ko‘rishga umid qilaman", - dedi Bayden.