Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“AQSH va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatlarning ko‘pligi muloqotning to‘xtalishiga sabab bo‘lmaydi”
10:49 / 2021-02-01

AQSH va Rossiya prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti ishchanlik va pragmatik ruhda bo‘ldi, davlatlar rahbarlari o‘zaro ziddiyatlarning talaygina ekanini e’tirof etdi.

Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov yaqinda bo‘lgan bu muloqotning tafsilotiga shu tariqa oydinlik kiritdi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.  

Unga ko‘ra, Putin va Bayden muhim masalalar, “COVID-19” ga qarshi birgalikda kurash istiqboli va AQSHning ochiq osmon bo‘yicha xalqaro kelishuvdan chiqishi, shuningdek, strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha kelishuv muddatini uzaytirish kabilarni muhokama qilgan.  

“Ochiqlik shundaki, tomonlar ziddiyatlar ko‘pligi muloqotning to‘xtashiga sabab bo‘lmasligi lozimligini tan olishdi”, dedi Peskov.