Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
02:17 / 2025-11-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi doirasida AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

AQSH qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Stiven Aleksandr Veyden davlatimiz rahbari bilan suhbatda yangicha savdo-qishloq xo‘jaligi sherikligini boshlash bo‘yicha aniq kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

– Prezident bilan uchrashuv, ayniqsa, amerikalik fermerlarning O‘zbekistonga soya va paxta yetkazib berishini nazarda tutadigan hamkorlik nuqtai nazaridan juda ajoyib o‘tdi. Bu uzoq muddatli va keng ko‘lamli sheriklik yo‘lidagi ilk qadam bo‘lishidan umidvormiz. O‘zbekistonda yangi bozor ochilmoqda va biz yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish uchun minnatdormiz.

Umuman, iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi bu iqtisodiy hamkorlik Qo‘shma Shtatlar uchun strategik ahamiyatga ega. Mintaqadagi aholisi eng ko‘p davlat – O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muhim o‘rin tutadi. Amerikalik fermerlar uchun butun dunyo bo‘ylab ishonchli hamkorlar topish juda muhim va biz O‘zbekistonni shunday sherik sifatida ko‘ramiz.

Prezidentingiz xorijiy investitsiya jalb qilish va o‘zaro manfaatli loyihalarni rivojlantirish imkonini beruvchi jiddiy iqtisodiy va huquqiy islohotlar amalga oshirayotgani aniq-ravshan ko‘rinib turibdi. Bunday ochiqlikdan minnatdormiz va hamkorlik yanada mustahkamlanishiga umid bilan qaraymiz.

Abduaziz Xidirov, O‘zA