AQSH va Janubiy Koreya yangi savdo shartnomasini imzoladi
Tomonlar Seulning Amerika loyihalariga 350 milliard dollar sarmoya kiritish va energiya resurslarini sotib olish majburiyatini beruvchi kelishuvni imzoladi, deb yozmoqda “RIA Novosti” nashri.
Bundan tashqari, Seul o‘z bozorini Amerika tovarlari, jumladan, avtomobil uskunalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun to‘liq ochadi.
Hujjatda AQSHning Janubiy Koreyadan keladigan tovarlarga 15 foizlik boj joriy qilishi ham ko‘rsatilgan. Ayrim bandlarga ko‘ra, amerikalik yetkazib beruvchilarga tarifsiz foydalanish imkoniyati beriladi.
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon ushbu kelishuvni ijobiy baholab, u ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, koreys yetakchisining ikki hafta ichida Oq uyga tashrif buyurishi ham kelishib olingan.
S.Rahimov, O‘zA