Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Janubiy Koreya to‘rtta raketa uchirdi
10:18 / 2022-10-05

Kecha Shimoliy Koreya “Xvason-12” qit’alararo ballistik raketa uchirgach, AQSH va Janubiy Koreya harbiylari Yapon dengizi uzra to‘rtta “Yer-yer” raketasini yo‘naltirdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

“Qo‘shma Shtatlar va Koreya Yapon dengizi yo‘nalishi bo‘yicha har biri ikkidan “ATACMS” boshqariladigan taktik ballistik raketa uchirdi”, deyiladi xabarda.

Bir kun avval KXDR raketasi Yaponiya shimolidagi Aomori viloyati ustidan uchib o‘tib, mamlakatning Tinch okeanidagi ekslyuziv iqtisodiy hududi tashqarisiga qo‘ngandi.

Raketa 4,6 ming kilometr masofani bosib o‘tgani aytilgandi. Bu Shimoliy Koreyaning yil boshidan beri o‘tkazgan 23-raketa sinovi. Ushbu voqea tufayli AQSH 5 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘radi.