Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH va Isroil strategik hamkorlik hujjatini imzoladi
18:09 / 2022-07-14

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va AQSH Prezidenti Jo Bayden Quddusda ikki tomonlama muzokara tugagach, o‘zaro strategik hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident bilan Bosh vazir AQSH va Isroil o‘rtasidagi ko‘p yillik xavfsizlik munosabatini kengaytiruvchi yangi deklaratsiyani imzoladi. Bu hujjat Eron yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini belgilaydi.

Deklaratsiya, shuningdek, AQSH 38 milliard dollarlik tarixiy memorandum shartini to‘liq bajarishi majburiyatini ham o‘z ichiga olgan.

Quddus deklaratsiyasiga ko‘ra, Vashington o‘zaro anglashuv memorandumidan tashqari raketaga qarshi mudofaaa uchun qo‘shimcha mablag‘ topish choralarini izlaydi.

O‘zA