AQSH va Eron shanba kuni ehtimoliy yadroviy kelishuv bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Prezident Donald Tramp ma’lum qildi.
BBC yozishicha, uchrashuvni Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri ham tasdiqlagan. U muzokara bilvosita xususiyatga ega, ammo sinovli imkoniyat ekanini aytgan.
Avvalgi prezidentligi davrida mamlakatini Eron bilan mavjud kelishuvdan bir tomonlama chiqarib yuborgan Tramp bu gal munozara juda qizg‘in o‘tishi, mabodo kelishuvga erishilmasa, bu “Eron uchun juda yomon kun” bo‘lishidan ogohlantirdi.
O‘tgan oy Oliy rahbar Oyatulloh Ali Humanaiy bevosita muzokara taklifini ochiqchasiga rad etgan, so‘ngra Qo‘shma Shtatlar yetakchisi unga qarshi harbiy chora ko‘rish masalasini ko‘targan edi.
Tramp bu muzokara haqida Oq uydagi Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. Isroil Bosh vaziri ham avvalroq yadroviy qurolga ega bo‘lishini to‘xtatish uchun Eronga hujum qilish ehtimoli borligini aytgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA