Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH universitetlari bilan hamkorlik kengaymoqda
20:47 / 2019-05-14

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida AQSHning Alkorn universiteti va Missisipi davlat universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida AQSHning Alkorn universiteti va Missisipi davlat universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Missisipi davlat universiteti bilan Toshkent davlat agrar universiteti oʻrtasida rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari xususida soʻz yuritildi. Kelgusida qurilish, muhandislik, sanʼat, ekologik taʼlim sohalarida ham hamkorlik oʻrnatilishi taʼkidlandi. 

Oʻzbekiston tomoni oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining AQSH universitetlarida malakasini oshirish, ilmiy kadrlarni magistratura va doktorantura orqali tayyorlashga qiziqish yuqori ekanini bildirdi. 

Muzokarada Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, ekologik inqiroz oqibatlarni yumshatish, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda hududning ekologik muammolarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama etildi.

Delegatsiya aʼzolari Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari hamda Navoiy davlat pedagogika institutlariga tashrif buyurishi kutilmoqda.