Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Ukrainaga yordam miqdorini oshirishi mumkin
13:44 / 2021-09-18

“AQSH Kongressi Ukrainaga harbiy yordam miqdorini oshirishi mumkin”, deb yozadi Ukrainaning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Oksana Markarova o‘zining “Facebook”dagi sahifasida.

AQSHning 2022 yilgi mudofaa byudjetida Kiyev uchun ko‘mak miqdorini 300 million dollargacha oshirish Vashington rejalarida ko‘zda tutilgan.

Markarova bu reja vakillar Palatasi va Senatda ma’qullanishiga umid bildirishini qo‘shimcha qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 6 sentyabrda respublikachi senator Lindsi Grem Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvidan so‘ng AQSH Kiyevga harbiy yordamni oshirish uchun bor imkoniyatni ishga solishini aytgandi.