Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Ukrainaga yana to‘rtta "HIMARS" yetkazib beradi
20:58 / 2022-07-11

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatayotgan mamlakatlarning virtual yig‘ilishida Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketiga yana to‘rtta HIMARS raketa tizimi kirishini qayd etdi. Translyatsiya AQSH Mudofaa vazirligi saytida namoyish etildi.

Ostinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni reaktiv tizimlardan samarali foydalanmoqda, bu esa jang maydonidagi vaziyatni sezilarli darajada o‘zgartirdi. Shuningdek, yaqinda taqdim etiladigan Qo‘shma Shtatlardan yangi yordam paketi MLRS va artilleriya uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.