Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Ukrainaga yadro qurolini yetkazib bermaydi
13:55 / 2022-05-13

AQSH ma’muriyati Ukrainaga yadro qurolini yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu haqda gap ham bo‘lishi mumkin emas, deb bayonot berdi AQSH davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Karen Donfrid payshanba kuni.

«AQSH qurol yetkazib berish yo‘li bilan Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatmoqda. Ammo, yadro qurolini yetkazib berish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu haqda gap ham bo‘lishi mumkin emas», – dedi Donfrid AQSH kongressining  Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘zga chiqib.