AQSH Ukrainaga vertolyotlarning ikkinchi partiyasini yetkazib berishni boshladi
Ular Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-17 vertolyotlari, deb ma’lum qildi Pentagonning yuqori lavozimli vakili.
«Ushbu qo‘shimcha 11 ta Mi-17 vertolyotlarining birinchisi bugun jo‘natiladi», – degan u jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda.
Birinchi partiyada beshta xuddi shunday vertolyot bor edi. Xabarda ta’kidlanishicha, gap AQSH bir vaqtlar Afg‘oniston harbiylari uchun Rossiyadan sotib olgan mashinalar haqida bormoqda.