Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Ukrainaga shu haftaning o‘zida qiymati bir milliard dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
15:19 / 2022-03-17

Amerika hukumati shu haftada Ukrainaga qiymati bir milliard dollarlik harbiy yordam taqdim etadi, dedi AQSH Prezidenti Jo Bayden telemurojaatida.

"Shanba kuni mening ma’muriyatim Ukrainaga yana 200 million dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berish va mamlakatning mudofaa ehtiyojini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bundan tashqari, Ukrainaga yordam berishni davom ettirish uchun men prezidentlik vakolatimdan foydalanib, qo‘shimcha yana 800 million dollar ajratishga qaror qildim. Faqat shu haftaning o‘zida AQSHning xavfsizlik sohasida ko‘rsatayotgan yangi yordami miqdori bir milliard dollarga yetkaziladi", – dedi Bayden.  

Bu yerda gap quyidagi qurollar turi haqida bormoqda: AQSH tomonidan Ukrainaga taqdim etiladigan, qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lgan harbiy yordamning to‘liq ro‘yxati: - 800 ta havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi; - 9000 tanklarga qarshi ishlatiladigan majmualar; - 7000 dona o‘qotar qurol; - 20 millionta o‘q-dori; - 100 ta taktik uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalar (dronlar); - 800 ta qo‘lda olib yuriladigan Stinger majmuasi; - 2000 ta tanklarga qarshi ishlatiladigan Javelin raketa majmuasi; - 20 millionta boshqa qurollar.  

Shuningdek, AQSH Prezidenti Jo Baydenning bayonotida aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordam ham ko‘rsatadi.