Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Ukrainaga razvedka ma’lumotini taqdim etadi
11:13 / 2025-10-03

AQSH Ukrainaga Rossiya energetika infratuzilmasiga raketa zarbaci berish uchun razvedka ma’lumotini taqdim etadi. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar tarqatdi.

Nashr yozishicha, Tramp yaqinda razvedka idoralari va Pentagonga ayni yo‘nalishda Kiyevga ko‘mak berishga ruxsat bergan. Bundan tashqari Amerika rasmiylari NATO ittifoqchilaridan ham shunday yordam so‘rayapti.

Ta’kidlash joiz, Tramp ma’muriyati Ukrainaga Rossiyaning uzoq hududida joylashgan energetika ob’ektlariga raketa zarbasi berishda ilk bor yordam ko‘rsatmoqda. 

Hozir AQSH “Tomogavk” va “Barracuda”, shuningdek taxminan 800 km masofaga yetib boradigan Amerikaning quruqlik va havodan uchiriladigan boshqa raketalari yetkazib berilishi imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan. 

Manbalarga ko‘ra, razvedka ma’lumoti va kuchliroq qurollar Ukraina Rossiyaga avval bergan zarbalardan ko‘ra ancha talofatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

S.Rahimov, O‘zA