French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Ukrainaga qurol yetkazish hajmini oshirmoqda
10:11 / 2022-01-11

2021 yilning oxirida Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 200 million dollarlik harbiy ko‘mak berilishini mahfiy tarzda ma’qullagan, deyiladi “CNN” xabarida.

Axborot manbasining Oq uy ma’muriyatidan bergan ma’lumotiga qaraganda, AQSH Ukrainaga jangovar qurollar, o‘q-dorilar, tibbiy va radiolokatsiya kuzatuvi vositalarini yetkazib beradi.

AQSH Kongressiga Ukrainaga beriluvchi ko‘mak haqida yanvarning boshida ma’lum qilingan. Hozirda mazkur ko‘makni yetkazish ishiga kirishilmagan.

Avvalroq bir guruh tahlilchilar AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanni Ukrainaga qurol yetkazish hajmini oshirishga chaqirgandi.