Pentagon Ukraina qurolli kuchlarini uzoq muddat qo‘llab-quvvatlash rejasini ishlab chiqmoqda, deb yozmoqda CNN.
"Mamlakat mudofaa vazirligining uch nafar vakili ma’lum qilishicha, Pentagon chuqur tahlil ishlarini tayyorlamoqda va Ukraina qo‘shinlarini o‘rta muddatli hamda uzoq muddatli istiqbolda qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqmoqda", – deyiladi telekanal tarqatgan xabarda.
AQSH nafaqat Rossiyaning maxsus amaliyoti davrida, balki harbiy harakatlar yakunlangandan keyingi yaqin besh yil davomida qurol-yarog‘ bilan ta’minlab turishni rejalashtirmoqda, deydi maqola muallifi.
"Tahlillar Ukraina bilan birgalikda olib borilmoqda va u prezident Jo Bayden tomonidan ma’qullansa, bu ko‘p yillik qurol sotish va uzoq muddatli harbiy tayyorgarlik dasturi yaratilishiga olib kelishi mumkin", – deyilmoqda xabarda.
Shuningdek, xabarda tahliliy ishlar uzog‘i bilan ikki oyda yakunlanishi ta’kidlangan.
Avval ham Pentagon AQSHning Ukrainani “kelajakda” qurol bilan ta’minlash rejasi borligini ma’lum qilgan edi.