AQSH Ukrainaga F-16 samolyotlarini yuboradi
Vashington Kiyevga F-16 qiruvchi samolyotlarining to‘rtinchi avlodini berish qarorini ma’qulladi, uchoqlar Daniya va Niderlandiyadan jo‘natiladi, degan Oq uydagi mansabdor shaxs “RIA Novosti”ga.
“Men tasdiqlashga tayyorman va qo‘shimcha qilamanki, AQSH Ukrainani qancha zarur bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaydi”, – degan u.
Yaqinda “Reuters” ham shu mazmundagi xabarida ukrainalik uchuvchilar F-16 samolyotini boshqarish bo‘yicha kursni tugatgach, ushbu parvoz moslamalari Kiyevga topshirilishini yozgandi.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Daniya va Niderlandiyadagi hamkasblariga Vashington ushbu qadamni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi kafolat xatini ham jo‘natgan.