AQSH Ukrainaga 10 milliard dollar ko‘mak mablag‘i ajratadi
Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Kongressdan Ukrainaga ko‘mak sifatida 10 milliard dollar ajratishni so‘radi.
Bu haqda “The Washington Post”ning manbalari ma’lum qilgan. Nashrda aytilishicha, Jo Bayden ma’muriyati mablag‘ Ukrainadagi gumanitar tanazzulga qarshi, mamlakat mudofaa qudratini oshirish, harbiylarni o‘qitish, shuningdek, energiya tizimini himoyalashga yo‘naltirilishini ma’lum qilgan.
Mablag‘ bilan, shuningdek, yevropalik ittifoqchilar ham qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, Oq uy pandemiyaga qarshi kurash uchun 22,5 milliard dollar mablag‘ so‘raydi.