AQSH mudofaa vazirligi Ukrainada olib borilayotgan harbiy harakatlardan orttirilgan tajribalarni hisobga olib, o‘q-dori ishlab chiqarish hajmini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda seshanba kuni AQSH qurolli kuchlarining shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milli ma’lum qilgani aytilmoqda.
“Asosiy saboqlardan biri shu bo‘ldiki, Ukrainada juda ko‘p miqdorda o‘q-dori sarflanmoqda. Bu yerda gap cheklangan mintaqaviy mojaro haqida ketmoqda. Xudo ko‘rsatmasin, agar buyuk qudratga ega bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida urush bo‘ladigan bo‘lsa, o‘q-dori sarfi tasavvur qilmas darajada ko‘p bo‘ladi, degan u Kongress Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi majlisida.
“Mudofaa vaziri hisob-kitoblarimiz ishonarli ekanini tushinish uchun bizga barcha harbiy zavodlar faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazishga topshiriq berdi. Moliyalartirishga bo‘lgan ehtiyojlar ushbu hisob-kitoblarimizga asoslanadi. Bu ish hozircha davom etmoqda”, degan general Mark Milli.
Millining qo‘shimcha qilishicha, asosiy e’tibor Ukrainaga juda ko‘p hajmda yetkazib berilayotgan 155 mm kalibrdagi zambarak snaryadlariga qaratilmoqda.