Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Ukraina mineral resurslaridan qancha daromad ko‘rishi mumkin?
16:53 / 2026-01-12

Prezident Donald Tramp fikricha, AQSH Ukraina mineral resurslaridan ko‘radigan foyda miqdori 350 milliard dollardan oshadi.

- Bilasiz, mudrab yuradigan Jo Bayden Ukrainaga 350 milliard dollar berdi va evaziga hech narsa olmadi, - dedi u jurnalistlarga. - Endi noyob yer unsurlarini qaytarib oldik. Menimcha, ancha ko‘p qiymatga ega bo‘ldik.

Oq uy rahbari avvalgi rahbar aynan shunday qilishi kerakligini ta’kidladi.

Qo‘shma Shtatlar va Ukraina 2025 yil 30 aprelda tabiiy resurslar bo‘yicha bitim imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, AQSH Ukrainada qazib olingan mahsulotlarni sotib olishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Hujjat Kiyevda investitsiya jamg‘armasi yaratishni nazarda tutadi, boshqaruv darajasi va badal miqdori tomonlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Shuningdek, Ukrainani rivojlantirish uchun o‘n yillik investitsiya hamda Amerika rahbariyatining jamg‘armaga qo‘shgan hissasi sifatida Kiyev Vashingtondan harbiy yordam olishini ham ta’minlaydi.

2025 yil iyul oyi o‘rtalarida Ukraina Vazirlar Mahkamasi investorlarni mineral qazib olishga jalb qilish va Qo‘shma Shtatlar bilan kelishuvni amalga oshirish uchun muhim minerallar va yer osti boyliklari ro‘yxatini tasdiqlagan.

S.Rahimov, O‘zA