Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Ukraina inqirozi sababi haqida fikr bildirdi
12:59 / 2024-07-17

AQSH davlat departamenti rasmiy vakili Mettyu Miller Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan Ukraina inqirozini keltirib chiqargan asosiy sabablarni bartaraf qilish bo‘yicha ilgari surilgan taklifni ma’qullamadi.

– Yevropada hech kim Rossiyaga tahdid qilmayapti, – ta’kidladi u. – Biror harbiy xatar yo‘q, hech bir davlat Rossiya hududi yoki yerini tortib olish niyatida emas. Rossiya amalda o‘z chegarasida nammoyon bo‘layotgan demokratiyani o‘ziga tahdid sifatida qabul qilmoqda. Shundan kelib chiqib, Vashington Moskva nuqtai-nazarini inkor etadi, diplomatiya yo‘li bilan adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun Kiyev bilan hamkorlik qilishda davom etadi.

Seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida Sergey Lavrov Yevropa inqirozini hal qilish muammoning ilk sabablarini bartaraf qilish bilan davom ettirilishi kerak, ya’ni Rossiyaga Yevropadan kelayotgan xavfni olib tashlash uchun aniq qadamlar qo‘yilishi kerak, deya bayonot bergandi. Shuningdek, u RF Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatish shartlarini ma’lum qilganini ham eslatib o‘tgan.