AQSH Ukraina bug‘doyini olib chiqish bo‘yicha “B rejasini” ham ishlab chiqmoqda, chunki Moskva Istanbul bitimini bajarishga tayyor ekaniga ishonmaydi, deb bayonot berdi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari Samanta Pauer.
Pauerning CNNga bergan intervyusida ta’kidlashicha, B rejasi Ukraina bug‘doyini avtomobil va temiryo‘l hamda daryo barjalari orqali tashishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, Ukraina temir yo‘llari tizimini Yevropa temiryo‘llari standartiga moslashtirish ham rejalashtirilmoqda.
"Biz ko‘zda tutilmagan holatlar uchun reja tayyorlamoqdamiz", - dedi u Moskvaga ishonib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilib.
22 iyulda Istanbulda Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlarini eksportga chiqarishga joriy qilingan taqiqni bekor qilish, shu qatorida, Rossiya ham Ukraina bug‘doyini eksportga chiqarishga xalaqit qilmaslik bo‘yicha bitim imzolangan edi. Mazkur bitim Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT tomonidan imzolangan bo‘lib Ukrainaning bug‘doyi, oziq ovqat mahsulotlari va o‘g‘itlarini uchta port, jumladan, Odessa porti orqali Qora dengiz bo‘ylab tashishni nazarda tutadi.