Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf qilishga aviatashuvchi kemasini jo‘natadi
19:02 / 2023-02-11

AQSH "Jorj Bush" aviatashuvchisini hamda uni kuzatib boruvchi harbiy kemalarini Turkiyada ro‘y bergan zilzila oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etish uchun O‘rtayer dengizining sharqiy qismiga jo‘natadi, dedi Pentagonning rasmiy vakili Patrik Rayder.

"AQSHning Yevropa qo‘mondonligi shaxsiy tarkibini, texnikalarni va boshqa turli vositalarni Turkiya hukumatiga qidiruv-qutqaruv ishlariga yordam ko‘rsatish maqsadida jo‘natadi.  Ular orasida “Jorj Bush” avitashuvchi zarbdor guruh ham bor", - dedi Rayder jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda.

Uning ta’kidlashicha, aviatashuvchi qutqaruvchilarni logistik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, tibbiy  yordam ko‘rsatadi va zaruratga qarab vertolyotlarini taklif etadi.