AQSH–Turkiya hamkorlik miqyosini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ishga tushiriladi
Turkiya savdo vaziri Ruxsor Pekjan AQSH hukumati savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar rivojini muhokama qildi.
“Haber7” agentligining bu haqdagi ma’lumotiga ko‘ra, po‘lat va alyuminiy savdosi, shuningdek, raqamli xizmatlarning soliq tizimi hamda sanoat mahsulotlari bozorini kengaytirish kabilar ko‘rib chiqilgan.
“Pekjan va Tay Turkiya bilan AQSH o‘rtasidagi savdo munosabatlarining yengillashishi va miqyosini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga tushirish masalasini ko‘rib chiqishdi”, deyiladi xabarda.