AQSH “Tolibon”ning terrorchi nomini bekor qilishi mumkin
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Qo‘shma Shtatlar hibsga olingan amerikaliklarning ozod etilishi ortidan “Tolibon”niterrorchi tashkilot sifatida tan olinishini qayta ko‘rib chiqayotganini aytdi.
– Ayni paytda bu maqom qayta ko‘rib chiqilmoqda, chunki biz so‘nggi bir necha hafta ichida ba’zi amerikalik mahbuslarni ozod qilishda bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdik, -dedi u Vakillar palatasidagi yig‘inda.
Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” “Specially Designated Global Terrorist (SDGT)” maqomi bo‘yicha AQSHda terrorchi tashkilot deb izohlanadi.
Avvalroq, “Tolibon” harakati AQSH rasmiylariga mamlakatda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha so‘rov yuborgan edi, deb xabar berdi “CNN” telekanali.
Joriy yil aprel oyida Rossiya Oliy sudi Bosh prokuror Igor Krasnovning da’vosini qanoatlantirib, RFda “Tolibon” harakatiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagan edi.
S.Rahimov, O‘zA