Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Tinchlik institutida Oʻzbekistonda diniy erkinlik sohasida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar muhokama qilindi
15:04 / 2019-07-22

Oʻzbekiston delegatsiyasi bilanAQSH Tinchlik institutida boʻlib oʻtgan davra suhbatida diniy erkinlik sohasidagi huquqiy islohotlar muhokama qilindi.


Oʻzbekiston delegatsiyasi bilanAQSH Tinchlik institutida boʻlib oʻtgan davra suhbatida diniy erkinlik sohasidagi huquqiy islohotlar muhokama qilindi. Unda AQSH Davlat departamenti, AQSH Xelsinki komissiyasi va Diniy erkinlik boʻyicha xalqaro komissiyasi (USCIRF) vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, Oʻzbekistonda diniy taʼlim va maʼrifat jamiyatning maʼnaviy va axloqiy yangilanishida muhim omil hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasining qabul qilinishi xalqaro hamkorlik sohasida muhim voqealardan boʻldi. Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi — barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishdir.

Oʻzbekistonda tizimli tarzda din bilan bogʻliq jinoyatlarda ayblanganlar orasida jinoyatchilik va radikallashuvning oldini olish, ekstremizm sabablari haqida oldindan ogohlantirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyiliga asoslanilmoqda. Soʻnggi uch yil ichida diniy sabablar bilan sudlangan 20 mingdan ortiq mahbuslar afv etilgan hamda “qora roʻyxat”dan chiqarilgan.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda Oʻzbekiston xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlar, jumladan, BMT, YEXHT, Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida biznes, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi