Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH tez orada boshqa mamlakatlarga ham vaksina yetkazib berishga kirishadi
08:35 / 2021-04-07

Oq uy rahbari Jo Baydenning bayonotiga qaraganda, AQSH tez orada boshqa mamlakatlarga ham vaksina yetkazib berishga kirishadi.

Jurnalistning aniqlashtiruvchi savoliga u: “Anchagina tez muddatda”, deb javob qaytardi. “Bu judayam muammoli ish emas, biz Amerika uchungina emas, butun dunyo uchun bu masalaga yechim topishimiz kerak. Viruslarni qo‘ymaslik uchun baland devorlarni yoki to‘siqlarni qurishning hech bir hojati yo‘q”, dedi Bayden.