Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH tarifdan qochish niyatidagi davlatlarga shart qo‘yadi
11:18 / 2025-04-15

Qo‘shma Shtatlar yangi tarifdan qochish uchun Vashington bilan bitim tuzmoqchi bo‘lgan davlatlarga nisbatan qator shartlar qo‘yadi. Masalan, Amerika gazini ko‘proq xarid qilish talabini qo‘yishi mumkin. “Washingtion Post” nashri bu haqda shunday yozgan:

– Amerika eksportiga bojni pasaytirish, Silikon vodiysidagi texnologiya gigantlariga nisbatan kamroq soliq belgilash, Xitoydan o‘z mahsulotini AQSHga boshqa mamlakatlar orqali jo‘natishni to‘xtatish bo‘yicha va’da olish – bu choralar Tramp ma’muriyati yuqori tarifni chetlab o‘tishga urinayotgan o‘nlab davlatlar bilan muzokara chog‘ida qo‘yishi kutilayotgan talablar, – deyilgan maqolada.

Oq uy aynan nima talab qilishi hozircha aniq emas, ammo muzokarada ishtirok etgan shaxslar fikricha, umumiy manzara paydo bo‘la boshlagan.