Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH taraqqiyotga qanday erishgan? OʻzA muxbirlari Vashingtondan xabar qiladi
11:43 / 2019-05-04

Odatda dunyoning rivojlangan mamlakatlariga borganda, biz ham shu darajaga yeta olarmikanmiz, degan savol koʻpchilikning hayolidan oʻtsa kerak.


Odatda dunyoning rivojlangan mamlakatlariga borganda, biz ham shu darajaga yeta olarmikanmiz, degan savol koʻpchilikning hayolidan oʻtsa kerak. Menda koʻpincha shunday boʻladi. “Uyqudagi ajdar” deya taʼrif beriluvchi Xitoy safaridan keyin juda koʻp savollar bilan qaytgandim. Bugun esa yana bir yirik mamlakat poytaxtida uning rivojlanish qadamlarini kuzatib borayapman. Bu AQSH poytaxti Vashington.

Har ikkisi iqtisodiy imkoniyatlari boʻyicha eng rivojlangan mamlakatlar sirasiga kiradi. 1978 yilda Xitoy iqtisodiy islohotlari boshlangan vaqtda mamlakat 214 milliard dollarlik YAIM bilan 9 oʻrinni egallab turgan edi. 35 yildan soʻng esa u dunyoning eng kuchli iqtisodga ega boʻlgan mamlakatlari orasida ikkinchi oʻringa chiqdi va Xitoyning YAIM hajmi 9,2 trillionga yetdi. Dunyoda demokratiyani buzishda koʻp ayblanadigan mamlakat ana shunday natijalarga erishgan.

Endi AQSH masalasiga qaytadigan boʻlsak, bu mamlakat bir necha oʻn yillardan buyon oʻz taraqqiyoti bilan hammani hayron qoldiradi. Bunga barcha, puxta davlatchilik asoslari, inson erkinliklari va qonun ustuvorligi taʼminlangani asos qilib koʻrsatiladi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotiga qaraganda, Qoʻshma Shtatlarning 2019 yildagi YAIM 21 trillion dollardan ortiqni tashkil etishi kutilmoqda.

Mamlakatni kuzatar ekansiz, kuchli ijtimoiy himoya tizimi, erkin iqtisod instrumentlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

_DSC0593.JPG

Shu kunlarda AQSHda safarda boʻlib turgan bir guruh oʻzbekistonlik jurnalistlar AQSHning davlat tuzilishi, boshqaruvdagi oʻziga xosliklar va soʻz hamda ifoda erkinligining mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishdi.

— Bizda davlat xizmatchilari 9 dan 17 gacha ishlashadi, — deydi Jorjtaun universiteti professori Layn Ross. – Ayni shu 8 soat vaqt mobaynida u barcha vazifalarini bajarishi kerak. Uning vazifasini bajarishi uchun 8 soatdan koʻproq vaqt sarflanyaptimi, demak u belgilangan muddatda ishni tugata olish darajasida salohiyatga ega emas. Tomas Jeferson aytganidek, eng yaxshi hukumat bu xalqni hayotiga aralashmaydigan hukumatdir. Men 20 yil mobaynida davlat xizmatida ishlagan davrimda faqat bir savolni oʻzimga berardim. Men qilayotgan ish qonunchilikka zid emasmi? Chunki, aynan qonun ustuvorligi boʻlgan joyda rivojlanish boʻladi. Har bir shtat oʻzi mustaqil qaror qabul qilish imkoniga ega. Byudjet tushumlari va harajatlarini ham oʻzi hal etadi. Shu sababli ham shtatlarga umumiy baho berish notoʻgʻri. Boshqaruvning markazlashmaganini men asosiy yutuqlarimizdan biri deb xisoblayman. Hatto qonunchilikda ham biz shtatlararo farqni koʻrishimiz mumkin.

AQSH saylov tizimi mamlakat va uning tashqarisida koʻp yillardan beri tanqidlarga uchrab keladi. Chunki, Amerika prezidentini saylashda saylovchilarning ovozi amalda hal qiluvchi rol oʻynamaydi. Prezidentni elektoral vakillar saylaydi. Albatta jurnalistlar uchun qiziqarli mavzulardan biri saylovlar masalasi boʻldi va bu borada mutaxassisning fikri bilan tanishish imkoni yaratildi.

Layn Ross bunga shunday izoh berdi: birinchidan shuni esdan chiqarmaslik kerakki, konstitutsiya asoschilari boshqaruv masalasini ommaning oʻziga qolirishdan biroz qoʻrqishgan. Shu bilan birga turli shtatlarning aholi sonidan qatʼiy nazar teng huquqlari saqlanib qolishi ham nazarda tutilgan. Lekin, saylovchilar va elektoral vakillarning ovozi odatda bir biriga mos boʻladi. Ayrim hollardagina ular bir biridan farq qilishi mumkin.

_DSC0616.JPG

Professor Oʻzbekistondagi islohotlarni kuzatib borayotganini ham aytib oʻtdi. “Meni, OAVdagi oʻzgarishlar juda quvontirdi”, deydi Layn Ross.

Albatta shaffof boshqaruv qatorida mamlakatning oʻziga xos iqlimi, tabiiy boyliklari, inson resurslariga boʻlgan munosabat, qonunlarga hamma barobar boʻysunishi va hayotga innovatsion yondoshuv AQSH muvaffaqiyatining ayrim jihatlari sirasiga kiradi. Keyingi oʻrindagi sabablardan biri — bu AQSHning dunyoda birinchilardan boʻlib erkin bozor iqtisodiyotiga oʻtgan kapitalistik tuzumidadir. Aynan shu kapitalistik ruhni imoratlarda ham his etasiz. Uzoq yillar mobaynida qiyofasini oʻzgartirmagan bu binolar xanuzgacha Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asaridagi kiborlar jamiyatining hayotga taʼsiri bor degan fikrga borasiz. Chunki, 100 yildan oldin bunyod etilgan binolarning tashqi koʻrinishi oʻzgarmagan. Ichki tomonnni zamonaviy imkoniyatlar asosida taʼmirlash uy egasining ixtiyorida.

Tarixiy manbalarga qaraganda, birinchi “osmonoʻpar” bino 1894 yilda qurilgan va oʻshanda mutaxassislar 14 qavatli uyni qurishgan. Uning balandligi 50 metrni tashkil etar edi. Eng koʻp qurilishlar davri esa XX asrga toʻgʻri keladi. Shu vaqtda unda “Federal uchburchak”, Pochtaning tarixiy binosi kabilar qurilgan. 40 yillar boshi va 90 yillar oxirlarida hozirgi 48 ta baland binolarning 31 tasi bunyod etilgan. Vashingtonda koʻp qavatli binolar kam emas, biroq ularni osmonoʻpar deyish mushkul. Eng balandining boʻyi 61 metrdan baland emas. Nimaga shunday, degan oʻrinli savol tugʻiladi. Shaharda juda baland binolarni qurish mumkin emas, chunki 1910 yilda chiqqan qonun ularning balandligini cheklaydi. Agar quruvchilar baland bino qurishni istashsa boshqa hududlarda, masalan Virjiniyaning Rosslinida qurishlariga toʻgʻri keladi.

_DSC0591.JPG

Umuman, bugun Vashingtonda turli millatlar turli qiyofalarga duch kelasiz, bir vaqtlardagi agressiv irqchi zodagonlar uylari zinapoyalaridan esa turli irq vakillari chiqib kelishadi. Bugun ota onasi obroʻsi evaziga emas, oʻz bilimi bilan biron natijaga erishganlar koʻproq tilga olinadi. Badavlat kishilarning sanʼatga homiylik qilishganini esa har uchrashuvda eshitasiz. Ularning homiyligi evaziga bugun Vashingtonning dunyoga mashhur muzeylariga istagan kishi bepul kirib tomosha qila oladi. Aytgancha, bu muzeylar haftaning istalgan kuni va soatida tashrif buyuruvchilar bilan gavjum. Bu tajriba esa alohida mavzu. Unga kelgusi maqolalarda albatta toʻxtalib oʻtamiz.

Toshkent — Vashington.