Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH tankeri ilk bor Germaniyaning Rostok portiga neft olib keldi
16:51 / 2022-08-09

Amerikaning neft ortgan Capricorn Sun tankeri ilk bor AQSHdan Germaniyaning Rostok portiga yetib keldi, deb yozmoqda Reuters agentligi Refinitiv tahlil kompaniyasi tarqatgan ma’lumotlarga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tanker Britaniyaning Shell konserni tomonidan yollangan bo‘lib, AQSHning Luiziana sohillarida neft yuklagan. Tahlil kompaniyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, kema Germaniyaga taxminan 570 ming barrel neft keltirgan.

Boltiq dengizida joylashgan Rostok neft terminali Shvedt va Loyna shaharlaridagi neftni qayta ishlash zavodlari bilan quvur orqali bog‘langan.

Hozirda GFR Rossiyadan neft olishni qisqartirmoqda. Hukumat rejasiga ko‘ra, mamlakat bir yil mobaynida Rossiyaning nefti va ko‘miridan voz kechadi, biroq gaz importi kelasi yilning oxirigacha saqlanib qolishi mumkin. Chunki Rossiya gazidan ertaroq voz kechilsa mamlakat iqtisodiyotida jiddiy yo‘qotishlar bo‘lishi, sanoat to‘xtab qolishi mumkin.