AQSH Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqmoqda
“The Wall Street Journal” tarqatgan xabarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Suriyadan taxminan ming nafar qo‘shinini olib chiqmoqda va ISHIDga qarshi kurashda o‘n yillik harbiy ishtirokini tugatmoqda.
Ta’kidlanishicha, qolgan qo‘shinlar ikki oy ichida olib chiqiladi. Ekspertlar fikricha, bu mintaqani ISHIDning yangilangan faoliyatiga qarshi himoyasiz qoldirishi mumkin.
Rasmiylar bu qaror AQSH dengiz floti va havo kuchlarining Eronga qarshi mumkin bo‘lgan zarbalar uchun joylashtirilishi bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA