Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Somalida "Ash-Shabab" yetakchilarining birini yo‘q qilgan
11:46 / 2022-10-04

Somalida AQSH harbiylari havodan zarba berib "Ash-Shabab" terrorchi guruh yetakchilaridan birini yo‘q qildi, deb xabar tarqatdi Pentagon qo‘mondonligi.

Matbuot xabarnomada yo‘q qilingan terrorchining nomi keltirilmagan, biroq mahalliy OAV bergan ma’lumotlarga qaraganda, u guruhning hozirgi rahbari Axmed Diriyening o‘rinbosari Abdullaxi Yare bo‘lishi mumkin.   

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  zarba natijasida "Ash-Shabab" yetakchilaridan biri yo‘q qilindi, tinch fuqarolardan hech kim jabr ko‘rmagan", – deyiladi harbiylar tarqatgan xabarda.  

Xabarga qo‘shimcha qilinishicha,  amaliyot 1 oktyabr kuni  Somali federal hukumati bilan kelishilgan holda poytaxt Mogadishodan 370 kilometr janubi-g‘arbda amalga oshirilgan.  

AQSH Yareni 2012 yildan buyon qidiradi. U haqda xabar bergan kishiga mukofot tarzda 3 million dollar taklif qilingan.