Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH sinovlarni tugatmasdan COVID vaksinasini amaliyotda qoʻllashi mumkin
13:00 / 2020-08-31

Prezident Donald Tramp COVID-19 vaksinasi AQSH dagi prezidentlik saylovlariga qadar tayyor boʻlishini eʼlon qilgandi.


AQSH Oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar ustidan sanitar nazorat Boshqarmasi rahbari Stiven Xanning “Financial Times”ga maʼlum qilishicha, mahkama koronavirusga qarshi vaksina maʼlum salbiy holatlarni namoyon etmasa, dori vositasining uchinchi bosqich sinovlari tugamasidanoq uning samarali ekanini tasdiqlaydi.

“News.ru”ning bu haqdagi maʼlumotiga qaraganda, AQSHda “Moderna”, “Pfizer” va “AstraZeneca” kompaniyasi ishlanmalari asosidagi koronavirus vaksinalari sinovi oʻtkazilmoqda.

Prezident Donald Tramp COVID-19 vaksinasi AQSH dagi prezidentlik saylovlariga qadar tayyor boʻlishini eʼlon qilgandi.

Xanning aytishicha, mahkama tomonidan aholining maʼlum toifalariga nisbatan favqulodda tarzda vaksina amaliyotini qoʻllashga ruxsat berilishi mumkin. Bu holat keng xalq ommasiga xavfsiz vaksina yetkazilishi yoʻlidagi saʼy-harakat ham hisoblanadi.