Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH “Shimoliy oqim”dagi portlashga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi
09:52 / 2023-02-10

Qo‘shma Shtatlar “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlaridagi portlashlarga aloqadorligini rad etdi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays ma’lum qildi.

Bir kun avval amerikalik publitsist Seymur Xersh o‘tgan yil yoz paytida Yevropadagi gaz quvurlari portlashida Vashingtonning qo‘li bor, degan da’vo bilan chiqqan edi. Prays “men butun mas’uliyat bilan Xershning bayonotini mutlaqo bema’nilik”, deb atagan.  

Matbuot kotibidan Davlat departamenti maqola yuzasidan portlashlarga aloqador, deb gumonlangan Germaniya va Norvegiyaning Vashingtondagi elchilari bilan ko‘rishildimi, degan savoliga Prays “haqiqatga yaqin bo‘lmagan bemaza gaplar bilan hamkor davlatlarimiz vakillarini bezovta qilishga arzimaydi”, deb javob bergan.  

 

O‘zA