French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“AQSH Shimoliy Koreyaning yadroviy mavqeini qabul qilmaydi”
10:41 / 2021-05-24

“REGNUM” xabariga ko‘ra, davlat kotibi bu haqda o‘zining “ABC”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Biz KXDRning yadroviy mavqeini qabul qilmaymiz, to‘g‘risini aytish kerak – bu juda murakkab masala”, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken.

Uning so‘zlariga qaraganda, Oq uyning avvalgi ma’muriyatlari mazkur muammoni yechishga uringan, lekin bu muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.  

Hozirgi ma’muriyat avvalgi urinishlarni tahlil qiladi va bunda, eng avvalo, Janubiy Koreya hamda Yaponiya bilan yaqin hamkorlikda ish ko‘radi.